Sevgi otashi

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

SEVGI OTASHI Qon emasdur jism aro ul Shulasidur ishq o‘tin, Mo‘y emasdur tan uza bul, So‘xta jonimdan tutun. Bilmadim, ul otash ichra O‘rtanib bo‘lgum ado Yo samandardek chiqarman O‘t arosidan butun. Mumkin ermas xas ichida Cho‘g‘ni pinhon aylamak, Ishq solib jismimga yong‘in, Oshikor o‘ldi bukun. Ishq-u hajr olamiga meros, Во'yla merosdur azal Bizga Farhoddan fidolik, Bizga Majnundan junun. Ishq bir oftobdur munavvar, Zarradan Zuhro qadar Ul quyoshning tegrasida Aylanurlar besukun. Yor sevib, olding sen, Erkin, Bu jahondin ko‘p saboq, Bundan ortiq qayda maktab, Qaydadir dorilfunun?
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.