Uzoqqa bormadik andisha bilan

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

UZOQQA BORMADIK ANDISHA BILAN... Uzoqqa bormadik andisha bilan, Til-topa olmadik hamisha bilan. Odamzotga do‘st ham yov bo‘larkan til, Ko‘prik bo‘larkan ham g‘ov bo‘larkan til. Olisga yetmasdan o‘chdi unimiz, Chunki begonaga qoldi kunimiz. Gul bo‘l, tikanak bo‘l- chamaningda bo‘l, Bulbul bo‘l, qarg‘a bo‘l- vataningda bo‘l.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.