Yelim aytar
1960-1990-yillar
She’r(hajviya)
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
YELIM AYTAR...
Yelim aytar qari daraxtga:
- To‘nka bo‘lgur, nodon, ilmsiz,
Men yetkazdim seni davlatga,
Ne kechardi holing yelimsiz?!
Sen-ku, o‘tin bo‘larsan bir kun,
Meni kutar yorqin kelajak.
Chunki har bir amaldor uchun,
Muhr kerak, demak, men kerak.
Menga to‘shab baxmallar hali,
Necha po‘lat sandiqlar zordir.
U yuksakka yetib borgani
Faqat yelim bo‘lmoq darkordir.
Har narsadan aziz, baobro‘
Parcha qog‘oz bo‘lgan dunyoda -
Ishonch qadri bir pul bo‘lar-u,
Muhr qadri bo‘lar ziyoda
Men zarb ursam, olimdir nodon,
Zarb urmasam, insonmas inson.
Yashay olar juftlar mehrsiz,
Qovusholmas, ammo muhrsiz.
Zo‘r donishlar kirar so‘zimga.
Mard qalblarga titroq solaman...
O‘shanda kel, seni o‘zimga -
Dasta qilib ishga olaman.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish