Nayning qismati

1960-1990-yillar She’r(hajviya) O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

NAYNING QISMATI Nay dastavval navo bo‘lib Kirdi dil-u o‘ylarga. Hamma unga shaydo bo‘lib, Olib ketdi to‘ylarga. To‘ylarda u qildi nola, El undan zavq simirdi. Vaqt o‘tib nay - Kamtar bola O‘zni qo‘ydi, semirdi. Bora-bora avvalgidek Yonishlari qolmadi. Muxlislarning har galgidek Olqishlari qolmadi. Lekin taqdir uni oshno - Qilgan edi kuylarga. Sur nay nomin oldi, Ammo Boraberdi to‘ylarga. Tug‘ilsa qay uyda go‘dak, Xabar topib beshikdan, Aytmasa ham aytilgandak, Kelaverdi eshikdan. Xotin-xalaj chuvvos qilib, Bolalar shod zerikmay, Goh g‘iyqillab, Goh bo‘g‘ilib, Kuylayberdi sobiq nay. Oxiri u qarib qoldi, Bo‘g‘ildi-yu tomog‘i, Ham ovoz, Ham ko‘zdan qoldi, Bitdi tamom qulog‘i. Lek, baribir, Yoshlikdagi Iste’dodi uchun ham, Halol xizmat, Pok yuragi, Pok ijodi uchun ham - Saqlar uni el nazarda Hurmat qilib qo‘yadi, Karnay katta sayllarda G‘at-g‘at qilib qo‘yadi.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.