Vatandin yaxshi yor bo‘lmas(Jumakent Najmiddinov g‘azaliga muxammas)

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

VATANDIN YAXSHI YOR BO‘LMAS (Qozoq shoiri Jumakent Najmiddinov g‘azaliga muxammas) Jahonda men tug‘ilgan O‘lkadek hech bir diyor bo‘lmas, Bu yanglig‘ bog‘-u gulshan Ham bu yanglig‘ guluzor bo‘lmas, Vatan sevmakdin ortiq Menga olamda shior bo‘lmas. Vatan ishqida yongan qalb, Bilingki, asti xor bo‘lmas, Vatan sevgan murodiga Yetur, hech dilda zor bo‘lmas. Saodatga makondir Qay chamanga sen qadam qo‘ysang, O‘zingni baxtli bil yurtda Yashashning zavqini tuysang, Chin odamsan, chin o‘g‘lonsan Yurakdan elni chin suysang, Vatan sevmoq saodatdir, Agar naslingga sen kuysang, Vatanni sevmagan inson Jahonda baxtiyor bo‘lmas. To‘yib boqqil bu yurt husnigakim, Ko‘nglingni chog‘ etgin, Bu elning o‘g‘liman, deb Qil g‘urur, ko‘ksingni tog‘ etgin. Vatan har zarra tuprog‘in Ko‘zingga sen qarog‘ etgin, Bobolar maskan etgan Bu aziz tuproqni bog‘ etgin, Yarashgay iftixor etsangki, Ortiq iftixor bo‘lmas. Zuloli ta’mini topmam Sira bol-u shakarlarda. Vatan yodi erur qalbimda Bo‘lsam men safarlarda, Jamoliga to‘yolmasman Kezib qishloq, shaharlarda, Qizil gul bargida bulbul Kabi sayrab saharlarda, Yana shoir qilur takror, Vatandin yaxshi yor bo‘lmas.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.