Bobur g‘azaliga muxammas

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

BOBUR G‘AZALIGA MUXAMMAS Yetolmay qomatim yodur necha oykim, hilolingga, Qaro ko‘z mardumi yig‘lab tikilmoq birla holingga, Qachon ul totli kun kelgay, yetarman lahza bolingga, Qachon bolg‘ay, musharraf bolg‘amen, jono, jamolingga, Qutulg‘aymen firoqingdan, yetishgaymen visolingga? Qaro bo‘lmish, ne tongkim, ro‘zigorim qora ul ko‘zdin, Qaro o‘q otdi kipriklar, ko‘ngilda yora ul ko‘zdin, O‘zim sobitman ishqda, ko‘z yoshim sayyora ul ko‘zdin, ochqil boqqanikim, bo‘lmisham bechora ul ko‘zdin, Lab ochqil so‘rg‘alikim, tashna bo‘lmishman zilolingga. Salomim yetkur, ey xurshid, nigorim ko‘yidan o‘tsang, G‘uborin ko‘zga sur ostonasiga bosh urib yetsang, Bo‘l ogohkim, yuzin ko‘rgach ajab yo‘qdir kuyib ketsang, Ul oyning yuzi birlan to‘sh urib da’voyi husn etsang, Yaqin bo‘ldi bukunkim, ey quyosh, yetting zavolingga. Netar mendan borib, bulbul, anga sharhi ko‘ngil etsang, o‘zing kо‘nglim bo‘lib borsang, aning ko‘nglini gul etsang, Kerakmas, g‘amlarim so‘уlab agar ko‘nglin malul etsang, Kabutar, eltasan xatim, ne bolg‘ay gar qabul etsang, Ko‘ngulni bog‘lasam ul noma yanglig‘ paru bolingga. Asiri bandi zulfingman, demam Erkinni ozod et, Kuyibman dog‘i jabringdan, demasman tarki bedod et, Meni band et, menga jabr et, hayotim mayli barbod et, Belingdin kim xayolidur, yiroqdurman, meni yod et, Umidim borki Boburdin, yetishgaymen xayolingga.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.