Fuzuliy g‘azaliga muxammas

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

FUZULIY G‘AZALIGA MUXAMMAS Olmasam zor anga tarki oh-u zor etmasmidim, Ishq koridan kechib bir o‘zga kor etmasmidim, Garjunun yor olmasa holimdan or etmasmidim, Aql yor olsaydi tarki ishqi yor etmasmidim. Ixtiyor olsaydi rohat ixtiyor etmasmidim. Javr oyinini bir dam ko‘rmoqqa olsaydi sabr G‘ayrini shod, do‘stin purgam ko‘rmoqqa olsaydi sabr, Chashmi dilda bir dame nam ko‘rmoqqa olsaydi sabr, Yor ila ag‘yorni hamdam ko‘rmoqqa o‘lsaydi sabr Garki gurbat aylayub azmi diyor etmasmidim. Ul ruhi bayzoligin savdoligimdan qil qiyos, Ul dili xoroligin shaydoligimdan qil qiyos, Zuhd eli taqvin mug‘a oshnoligimdan qil qiyos, Voizin kufrin banim raspoligimdan qil qiyos, Anda sidq o‘lsaydi ban taqvo shior etmasmidim. Yo‘q ajabkim dardlardin o‘zga dardim bordur, Bir davosi o‘lmoq oning bir davosi yordur Dema jarroh nashtari bu, yor urgan xordur, Dardimi olamda pinhon tutdig‘im nochordir, O‘g‘rasaydim bir gabiba oshkor etmasmidim. Ezdi hijron-u malomat, javr-u kohish ko‘nglimi, O‘vlamas dunyo ishiga zarra xohish ko‘nglimi, Ne qilay, Erkin, ikki o‘t ichra qolmish ko‘nglimi, Ey Fuzuliy, dog‘i hijron ila yonmish ko‘nglimi - Lolalar ochsaydi sayri lolazor etmasmidim.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.