El netib topqay meni?(Navoiy g‘azaliga muxammas)

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

EL NETIB TOPG‘AY MENI... (Navoiy g‘azaliga muxammas) Ko‘nglim aytur, sevgi domiga asir tayyoraman, Der ko‘zim, hijron tuni zdr yig‘lamoqdin qoraman Jon degay, o‘t oraman, tan aytadir, ming poraman, To muhabbat dashti bepoyonida ovoraman, Har baliyat kelsa ishq oshubidin bechoraman. U1 xazon faslidagi sargashta bir yaproq manam, Ayrilibdurman chamandan, maskanim dashti adam, Izlamang hargiz nishonim, topmagaysiz zarra ham, El netib topg‘ay menikim, men o‘zimni topmasam, Boyiakim ishq-u junun sahrosida ovoraman. Karbalo dashtida ko‘rgan ohular birlan mani, Angladi Majnun bilan birjon mani, bir tan mani. Yondi jon, bir laylivashning dardi kuydirgan mani, Oh dudi ichra bir uchqun kabi ko‘rgan mani Bildikim, hijron tuniga kavkabi sayyoraman. Qoshlaring hijronida yoydek egilsam ne ajab, G‘uncha la’ling ishqida bag‘rimni tilsamne ajab, Sham’i hushing shavqida o‘tga yoqilsam ne ajab, Kecha o‘rtansam, sahar faryod qilsam ne ajab. Ishq aro parvona-yu bulbulga men hamkoraman. Xohlar vasli g‘animat, xizmatihi ayla xo‘b, Nuri diydang sham etib tut, qomatingni ayla cho‘b, Borida qadriga yet, ketganda tuprog‘ini o‘p, Ey Navoiy, bordi deb ahbob ta’zir etma ko‘p, It kabi men ergashib ul korivonga boraman.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.