So‘z o‘yinlari
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
SO‘Z O‘YINLARI
Ikkichivoy ikki oldi, jilmaydi.
Ikkinchi yil ikkinchidan jilmaydi.
Oq olma yoz tugamasdan tugadi,
Endi sho‘rlik duvarak gul tugadi.
Hamma a’zodan burun
Eshikdan kirar burun.
Ayo do‘stlar, shuning-chun
Burunning oti burun.
Bizda pashsha g‘uj-g‘uj, talay-talaydur,
Talay bo‘lgach, ne qilardi, talaydur.
Cho‘k deganda cho‘kadigan tuyadir,
Chunki tuya tuyaligin tuyadir.
Sen gapimga quloq solib qo‘y, uka,
Tuya bo‘lma, qo‘ylikni ham qo‘y, uka.
Qoradaryo qora bo‘lib oqardi,
Norin bilan qo‘shilgach, sal oqardi.
Sirdaryoning mana shunda siri bor,
Tiniqning loyqaga ta’siri bor.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish