Vergul haqida

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

VERGUL HAQIDA Vergul o‘zi qaydan kelgan? Qing‘ir-qiyshiq joydan kelgan. Yangi chiqqan oydan kelgan, Shovva bo‘lgan soydan kelgan. Mergan tortgan yoyga qarang, Vergul o‘sha yoydan kelgan. Yoki bukur toyga qarang, Yershov yozgan toydan kelgan. Sizga ayondir hoynahoy Hov kamalak tug‘ilgan joy. Vergul о‘sha joydan kelgan. Voy oyog‘im, belginam-voy, Deydi xassa tutgan boboy, Vergul u boboydan kelgan. Vergul ayni pilla qurti, Ayting, qayda pilla yurti? Vergul uzoq Xitoydan kelgan. Yo‘q, bir zamon afandining Bir poy kavishi yo‘qolgan, Vergul o‘sha bir poydan kelgan.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.