She’riyat

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

SHE’RIYAT Sen ey umrim nahoridan Aziz-u oshino menga, Sahar cho‘lponidek jozib Sochibdirsan ziyo menga. Hayot ichra hayot bo‘lding, Qanot bo‘lding, najot bo‘lding, Keturding ham safo menga, Yeturding ham jafo menga. Sehrli may uzatding sen, Dilim tinchin yo‘qotding sen, Meni o‘tlarga otding sen, Bu ne g‘aybdin jazo menga. Yoniq jonim aro jonlar Qilur faryod-u afg‘onlar, Mudom ko‘ksimda isyonlar Bo‘libdir yuz balo menga. Dilim charchab xatolardan, El ichra mojarolardan, Qochar bo‘lsam, nizolardan Yana sen oshino menga. Himoyatsiz zamon ichra Xaloskor bo‘l bu jon ichra, Vafo qilmas jahon ichra O‘zing qilg‘il vafo menga. O‘tar g‘avg‘oli bu onlar, Kelar osuda davronlar, Zakiy erkin g‘azalxonlar Berar bir kun baho menga.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.