Dur bo‘lib tomgaymi so‘z
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
DUR BO‘LIB TOMGAYMI SO‘Z
Dur bo‘lib tomgaymi so‘z
Kiprikka yosh inmay turib,
Marvarid bermas sadaf,
Sinmay turib, sinmay turib?!
El aro topgaymi qadrin
So‘z ko‘ngil ummonida
Marvarid tutgan sadafdek
Oncha berkinmay turib?!
Bu zamon daryosi tezdir,
Ahli she’r istar zulol,
So‘z netib ruhbaxsh bo‘lur,
Dilkosada tinmay turib.
Qalb bu ohanglar o‘chog‘i
Unda so‘z so‘zonadir,
Qayda keskir bo‘ldi shamshir,
O‘tga solinmay turib.
Ahli so‘z, g‘aflat elin siz
Uyg‘oting bongso‘z ila,
Kemangizga so‘nggi yo‘lning
Bongi chalinmay turib.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish