Kurash o‘yini
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
KURASH O‘YINI
Goh yengadi,
Goh yengiladi ulki, kurashgay,
Har kimga kurash
О‘yini ma’qulki, kurashgay.
Kuch sharti bilan
Sher ila sher jang qilar, ammo
Hiyla yo‘lida
Tulki bilan tulki kurashgay.
Goh o‘rtar-u goh
G‘arq etadir suv bila o‘tdek
Jonim talashib,
Aql-u kо‘ngil- mulki kurashgay
O‘z holim uchun
Bir kulaman, bir to‘kaman yosh
Shoir dilida
Nola bila kulgi-kurashgay.
Bas, Erkin, xayol,
Qulni xayol o‘ldirar ermish,
O‘lmaslik uchun
O‘y bila bor qulki kurashgay.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish