Do‘stga deganim
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
DO‘STGA DEGANIM
Inson tilini
Til bilar inson tushunibdir.
Dil dilni va lek,
O‘ylama, oson tushunibdir.
Rost so‘zni dedim:
Jonni qo‘yib o‘rtaga, ammo
Jon do‘st deganim
Vah, uni yolg‘on tushunibdir.
Achchiq esa ham.
Chinni demak sharti sadoqat,
Do‘st anglamasa,
Yot buni qayon tushunibdir.
Mard mardni tanir,
Dardni bilar ko‘ksida dard bor,
Jon sadqasini
Joni fido jon tushunibdir.
Isyonli dilim
Anglamagay g‘ofil odamlar,
Ko‘nglimni faqat.
Sohibi isyon tushunibdir.
Erkin, g‘azaling
Oqil-u nodon uqib oldi,
Oqil o‘zicha,
O‘zgacha nodon tushunibdir.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish