Hijron qushlari
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
HIJRON QUSHLARI
Tarki yurt etgan xazon
Faslidagi qushlarmikin?
Yo qirov tushgan boshim,
Tashlab uchar hushlarmikin?
Qush kabi parvoz tilar ko‘nglim,
Ki anda bir umid
Yor sayyodim sochini.
Dom etib ushlarmikin?
Mulki hind og‘ushidir
Qushlar xayolida bu dam
Yo xayolimda qaro ko‘z
Ochgan og‘ushlarmikin?
To‘ldirib osmonni hijron
Qushlari uchmoqdalar
Voh, ular qushlarmikin,
Yo men kо‘rar tushlarmikin?
Bosh olib mulki fanodin
Ketguchi jonlarmi yo
Tarki yurt etgan xazon
Faslidagi qushlarmikin?
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish