Boqiy xotira
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
BOQIY XOTIRA ,
O‘ylayman, ochilsa har yil navbahor
Moviy kengliklarda alvon lolalar,
Bular Iola emas, yot ellarda zor.
Lolaga aylangan askar bolalar.
O‘ylayman, oftob uyg‘onib sahar,
Kunchiqar ufqiga tikkanda yalov,
Bu gulgun shafaqmas, osmonga qadar
Bevalar ohidan tutashgan olov.
O‘ylayman, har kech shams yetsa zavolga,
Borliqning tugamas motami rostdir.
Tun emas, onalar egnida qolgan.
To mahshar yechilmas qora libosdir.
Yur, bolam, Maydonga boraylik bugun
Qo‘lingda dona gul yanog‘ingdek ol.
Bu gul sening baxting, shod kulging uchun
Fido bo‘lgan bobong qalbiga timsol.
Yo‘q, sen o‘zing gulsan, vataning - chaman,
Ulg‘ay, asl zoting unutma sira.
Bilki, qadr bilmak aslida - vatan,
Vatanning ma’nosi boqiy xotira.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish