Hijron yuki
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
HIJRON YUKI
(Aylagin jondin judo
Etguncha jonondin judo.
Alisher NAVOIY)
Roziman tushguncha dilga
Nogahon hijron yuki,
Nogahon, mayli, tanimdan
Ayru bo‘lsin jon yuki.
Men bo‘lay jondin judo
Bo‘lguncha jonondin judo,
Ne kerak jon, ezsa jonim
Bir umr armon yuki.
Lahzayi hijron yukiga
Bistun ukparchadur,
Bir qadoqlik toshcha kelmas
Yer bilan osmon yuki.
Qftob hijronida tong
Sabzalarga qo‘ndi nam,
O‘ylakim, kipriklarimni
Egdi tong giryon yuki.
Hajrda o‘tgan nafasni
Yil bilan o‘lchar ko‘ngil,
Ayrilikda she’r bitibman,
Unda bir devon yuki...
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish