Ey kabutar

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

EY KABUTAR Ey kabutar, she’rim olib Yor dilxohimga yet, Yor mening ohimga yetmas, Endi sen ohimga yet. Oshiq ahli ichra tengsiz Bir gadodanman deb ayt, Husn mulki ichra hech bir Tengi yo‘q shohimga yet. Gohi hudman, gohi behud, Shavq-u dardim sharh qil, Gohi ohimdan xabarsiz, Gohi ogohimga yet. Ko‘rmasam bir dam jamolin Mohi yo‘q tundur u kun, Baxtim osmonida kun-tun Xurshid-u mohimga yet Ey kabutar, do‘stlarimni Sog‘inib qoldim bukun, Sen bu sog‘inch she’rim olib Do‘stim Ibrohimga yet.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.