Tush

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

TUSH Bir oy bo‘ldi, Takror-takror, Men bir xil tush ko‘raman, Tushlarimda mudrab yurgan El ichida yuraman. Ular bilan Men ham mudrab, Asta qadam-sudrayman. «Bu - tush» deyman, «Uyg‘on!» - deyman, Uyg‘onolmay mudrayman. Har tun shu hol, Falak bergan Bu ne balo, qiynoqdir?! Ey, Xudoyim, Ey, Xudoyim, Kecha buncha uzoqdir!
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.