Parishonlik
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
PARISHONLIK
Doimo dedim, bo‘lma
Oshino, parishonlik,
Bo‘ldi oshino dilga
Doimo parishonlik..
Dilrabo xayolida,
Ne ajab, parishonmen,
Oshikor etar doim
Dilrabo parishonlik.
Men o‘zimcha dilbarning
Yodi birla mag‘rurmen,
Deydilar, qilur paydo
Kibr-havo parishonlik.
Kulsa el parishonlik
Odatimga, tong yo‘qdir,
Ahli dilga albatta
Noravo parishonlik.
Bevafo nigor yodin
Tez unutmoq istarmen,
Lek menda yo‘q bu xil
Bebaho-parishonlik.
Hajr dardiga qilmas
Vaslidan shifo, endi.
Bir davo xayoli-yu,
Bir davo parishonlik.
Yodi birla xud bo‘lsam,
Jabri birla bexudmen,
Qildi sernavo yodi,
Benavo - parishonlik.
Zulfim-u parishonlik
Odat etdi, yo ko‘nglim
Ayladi parishonhol
Bu qaro parishonlik.
Keldi qay kuni bu dard,
Xotirimga keltirmam,
Band etibdi Erkinni
Mutlaqo parishbnlik.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish