Ko‘zgu
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
KO‘ZGU
Yormi ko‘zguga boqqan
Yorga yo boqar ko‘zgu,
Yor yuzini ko‘rganda
Suv bo‘lib oqar ko‘zgu.
Oy jamolining aksi
Ko‘zgu bag‘riga tushdi,
Rashk o‘tida bag‘rimni
O‘rtar-u yoqar ko‘zgu
To tirik ekan jonim,
Ko‘zgudek do‘st izlarman,
Oq ko‘ngilligi birlan
Ko‘nglima yoqar ko‘zgu.
Qancha osma ko‘zguni,
Qancha qoqma mix birlan,
Haq yuzing etib oshkor,
Mix qilib qoqar ko‘zgu.
Ko‘zgudek tiniq she’r yoz,
Ko‘zgudek chin ayt, Erkin,
Shunda nazm marjoning
Dur qilib taqar ko‘zgu.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish