Kimda iqtidor yo‘qdir

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

KIMDA IQTIDOR YO‘QDIR... Kimda iqtidor yo‘qdir, Ilm ila hunar zoye, Iqtidor berurman deb Chekma ranj, ketar zoye. Kimda asli tole yo‘q, Naqdi ham ketar so‘ldan, Berganing bilan bo‘lmas Oltin-u guhar zoye. Kimki behamiyatdir, Chetdadir nazardin ham. Chunki behamiyatga Solganing nazar zoye. Kimki muz yurak bo‘lsa О‘уlama eritmakni, Ming quyosh yoqib qo‘ysang Qilmagay asar, zoye. Gar quyon yurakli er Jazm etar bahodirlik, Unga arg‘umoq esiz, Tilla naqsh kamar zoye. Bu «nasihat»in Erkin Yozdi bir sabab birlan. Ko‘nglida sezar, ammo She’ri besamar, zoye.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.