Tangri va yamoqchi
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
TANGRI VA YAMOQCHI
Yamoqchi Tangriga derkan tinmayin:
- EyXudo!
Menga ham bir qayrilib boq!
Chorig‘ing so‘kilsa, tikib berayin,
Kavushing teshilsa,
Solayin yamoq.
Tangri debdi bir kun:
- Ol boqiy umr,
Farishta bo‘lursan!
- Ey, qo‘y, kerakmas!
Umr berma menga, ber ozroq ko‘mir,
Ustiga bir chetan
Yantoq bo‘lsa, bas.
Tangri debdi:
—Tun-kun sajdalar qilib
Shungamidi chekkan nola-yu ohing?
Nima qilar eding menga sig‘inib,
Asli
Aravakash ekan
Ilohing.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish