Fursating

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

FURSATING Fursating yetmaydi doim, Hech qachon yetgan emas. Mehnating bitmaydi doim, Hech qachon bitgan emas. Chun zamondek bepoyondir Ko‘ksing ichra orzu, Fursat-u orzuni quvlab Hech kishi yetgan emas. Intilar borliqni inson. Barkamol etmoq uchun, Ne ajab, insonni borliq Barkamol etgan emas. Menda na borliq xayoli, Menda na yo‘qliqqa g‘am, Manglayimga chunki she’rdan 0‘zga zar bitgan emas. Vaqt kelar, mehnat bitar, Bolg‘usi vaqt ham bemalol, Chunki u dunyoga hech kim Ish olib ketgan emas.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.