Shahr aro

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

SHAHR ARO Shahr aro ko‘zlardan o‘zga Dilkusho maskan topay, Unda o‘zni sen bilan Bir jon kо‘ray, bir tan topay. Necha kundirkim, yo‘qolmish Dilda oromim, unin - Bu kecha izlab sening Jodu qarog‘ingdan topay. Tun qorong‘usida men Soching shabistonin ko‘ray, Tongotarda yuzlaringni. Tong kabi ravshan topay. Men ko‘ngil ko‘yiga kirsam, Bilmayin bossam tikan, Tush bilib, tabir etingkim, О‘ngda bir gulshan topay. Ayri til birlan riyo Bersa menga yuz yaxshi do‘st, Do‘st kerakmas, to‘g‘ri so‘zlab Bir halol dushman topay. Neki maqsud bor ko‘ngilda, Pok ko‘ngil birlan yetib, Neki baxt topsam jahonda, Bir o‘zing birlan topay: Bir umr Erkin muhabbat Otashida yonmasam, O‘tga chulg‘ansin vujudim, Qatlima gulxan topay.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.