Kel, ey Bobur, Vatanga

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

KEL, EY BOBUR, VATANGA Kel, ey Bobur, Vatanga, Elda yoding, qadr-u shoning bor, Tabarruk bul zaminingda Hayoti jovidoningbor. Sog‘inching, orzuying, Ko‘zyoshing, armonlaring bunda, Jahonga sig‘magan Shoir xayoling, bir jahoning bor. Bu yurtning lolazoriga Sochilgandir yurak qoning, Shafaqlarda falakni О‘rtagan o‘tli fig‘oning bor. Zamonikim, nizolardan To‘yib tarki Vatan qilding, Muroding endi hosildir, Zamoni al’amoning bor. Eling, alhamdulillohkim, Asoratdan xalos bo‘lgan, Go‘zal yurt Andijoning, Anda ruhing, anda joning bor. Kel, ey Bobur, g‘azal yoz, Ot minib kez shoh Boburdek, Necha Bobur kabi nasling Bahodir, pahlavoning bor.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.