Bevafo do‘stlarga
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
BEVAFO DO‘STLARGA
Koshki, bo‘lsaydim vafosiz
Oshinolardan bo‘lak,
Oshinolar yo‘q, netay, bu
Bevafolardan bo‘lak.
Bitmadi peshonamizga
Do‘sti sodiqkim, bu xil
Bizga beparvo, o‘ziga
Mahliyolardan bo‘lak?
Izladim, har necha, lekin,
Topmadim bir yangi do‘st,
Eski ul insofsiz, ammo,
Beriyolaraan bo‘lak?
Do‘st xato qilsin,
Qatoridan xato, lek, qilmasin,
Qilmadim bir ish agarchi,
Men xatolardan bo‘lak.
Suhbatorolar, navolar
Qayda suhbatlar aro,
Gaplar ichra endi gap yo‘q
Narx-navolardan bo‘lak.
To bu dam devona ko‘nglum
Ul vafosizlarni der,
Ne qilayki, oshno yo‘q
Bevafolardan bo‘lak.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish