Bu ko‘hna hasrat
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
BU KO‘HNA HASRAT
«Yorab, qandoq kunga qoldik, bu nechuk savdo?
Odamlarda na shafqat bor, na mehr-u vafo.
Yigitlarda odob yo‘qdir, qizlar hayosiz,
Xotin zoti kun o‘tkazmas bir mojarosiz.
Qo‘yib bersa el bir-birin о‘уar ko‘zini,
Ovboshilar esa faqat о‘ylаг o‘zini...
Dunyo oxir, birodarlar, yo‘q endi hayot.
Kuni kecha tamom bo‘ldi oxirgi mamont...»
Qadim ajdod o‘kinch bilan cho‘kib soyaga,
Bu so‘zlarni cho‘kich bilan yozdi qoyaga.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish