Do‘sti nodondan ko‘ra
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
DO‘STI NODONDAN KO‘RA
Bo‘lmasa hushyor yor-u
Oqil-u sodiq jo‘ra,
Yaxshidir idrokli dushman
Do‘sti nodondan kо‘ra.
Do‘sti nodon do‘stligidan
Ko‘p jafo chekding, ko‘ngil,
Yolborib do‘stingdan endi
Bitta dushmanlik so‘ra.
Do‘st topishga xom etibdir
Bizni taqdiri azal,
G‘o‘r bo‘lib dunyoga keldik,
Go‘rga kirgaymiz g‘o‘ra.
Asli o‘zdin o‘zga yo‘qdir,
Do‘sti nodon, o‘zga biz
Til bilan qo‘ydik tuzoq,
Qazdik qalam birlan o‘ra.
Gar meni do‘st anglasang,
Achchiq tilimdan ranjima,
Menga dushman o‘z tilim,
Lekin senga do‘stdir, jo‘ra.
Qil o‘zingga do‘stlik, Erkin,
Ruhingga ista najot,
Toza ko‘ngilni muhabbat
Shu’lasi birlan o‘ra.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish