Sayr(Rahmatulloga)

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

SAYR (Rahmatulloga) Qilmadim bir bor o‘shal Gul yuzli zebo birla sayr, Qonmagay dil, aylasam Ming bitta Laylo birla sayr. Ne bo‘lur bir lahza kezsam. Husn shohi birla men, Etmaganmu sayd chog‘i Qul shahanshoh birla sayr. Badniyatlar davrasida Shod-u xandon ul nigor, Goh qilur Yetti qaroqchi. Sho‘x Surayyo birla sayr. Yor bilan sayr etmog‘imga Hech umidim qolmadi, Men o‘zim Majnun kabi Aylaymi sahro birla sayr. Sayr etarman ko‘cha-ko‘yda Yor xayoli birla shod, Qilmagay hech kim уonida Shuncha tillo birla sayr. Men-ku yor ishqiga g‘arqmen, Sayr istarman yana, Tosh ham orzular ekan Qilmoqni daryo birla sayr. Bu zamon kо‘nglingda, Erkin, Qolmagay zarra g‘ubor, Aylasang bir bor do‘sting Rahmatullo birla sayr.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.