G‘azalni sevgan qiz

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

G‘AZALNI SEVGAN QIZ Sen kulib turibsan, Har qanday shoir Ko‘zlaring o‘tida erib ketadi. Hofizi Sheroziy tirilib hozir, Xolingga dunyoni berib ketadi. Noto‘kis olamning to‘kis va tugal Ijodi senmisan, mo‘jiziy tal’at? Seni paydo etib buncha mukammal, Hayrat qilmasmikin o‘zi tabiat. .. O‘lmas shoirlarning o‘lmas qalami O‘lmas baytlar bitsa sen uchun, joiz. Ammo she’riyatning tashbeh olami Kamoling oldida naqadar ojiz. G‘azalni sevibsan. Senga munosib G‘azal bor ekanmi yorug‘ dunyoda? Shoir baxtli edi bir tashbeh topib, Shu kulib turganing qilsa ifoda. Ming yil balki seni qildilar ta’rif Gohi oy dedilar, gohida quyosh. Olam kitobini ko‘rdim axtarib, Hech shoir qalbingga topmabdi qiyos. Qoshingga yoy nisbat, sochingga zanjir, Parilarga nisbat jodu va sehring. Bayt yo‘qdir olamda qilglivchi tasvir Oddiygina mehring, fidoyi mehring. G‘azalni xushlabsan, Singlim, tashakkur, Har ko‘ngil senigdek ishqiboz bo‘lsin. Senga biror satrim bo‘lolsa manzur, Oyog‘ing ostiga poyandoz bo‘lsin.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.