Tushungan odam

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

TUSHUNGAN ODAM Kimga hasrat qilsam bag‘rimni o‘yib, Kimdan yuragimga tilasam malham, Ohista yelkamga qo‘lini qo‘yib, Yupatar: sen o‘zing tushungan odam. Gohida alamim sig‘may ko‘nglimga, She’r bo‘lib to‘kilar ya lekin ey voh, Qayga borsam she’rim qaytar qo‘limga, Tushungan odamsan, dunyodan ogoh... Hayhot, deyman, adling shumi, ey Xudo, Shundoq chizilganmi tarxingda olam? Nogoh falakdan ham qaytar aks sado, Axir sen tushungan odamsan, bolam.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.