Gulchehralar(Gulchehra shoiralarga)

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

GULCHEHRALAR Gulchehra shoiralarga Gul bo‘lib, gul-gul yonib, Gulshan aro Gulchehralar, Gul uzib o‘ynar, qo‘yib Gulga bino Gulchehralar. Qay birisi qay biriga Oshiq erkan, bilmadim, Gulmi yo Gulchehralarga, Gulga yo Gulchehralar. Aytingiz, kim gul demas Kirsa xiromon bog‘ aro Labga ol surtib, qo‘yib Qo‘lga xino Gulchehralar. Kuyga lab ochsa ular Gulshanda bulbul sayramas, Bosh egib tinglar chaman Tuzsa navo Gulchehralar. Buncha ham oqil ekanlar, Oldilar aql-u hushim, Buncha ham dilga yaqin Bu dilrabo Gulchehralar. Qay birin ortiq qo‘yay, Yo‘q, teng ekan she’r bobida Nodira, Mahzuna-yu Zebuniso, Gulchehralar. Bu chaman gullarga kondir, Ochilib yashnang mudom, Gul bo‘lib, gul-gul yonib Gulshan aro Gulchehralar.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.