Muharrir

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

MUHARRIR Nega hadeb menga tanbeh berasan, Nega o‘z holimga qo‘ymaysan, axir! Nega har so‘zimdan ayb qidirasan, Beomon, noinsof, qattol muharrir. Har so‘zim ma’nosin qirq xilda chaqib, Goh nolali deysan, gohi tumtaroq. Aytgin, ey, kattakon ko‘zoynak taqib, Nimalar izlaysan she’rimdan, o‘rtoq! «Xolis» xizmatingni, birodar, qo‘ygin, Iltimos, kerakmas menga yordaming. Ming xil taftishlardan, rost aytsam, to‘ydim, Jonga tegib bo‘ldi qizil qalaming. Qachon bu zulmdan bo‘lurman ozod, Qachon tugar ekan bedodlik, axir! Afsuski, hechkimga deyolmayman dod, Chunki, men o‘zimman o‘sha muharrir...
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.