Yana qalamga

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

YANA QALAMGA Bargi gul qog‘ozim olsin, Shohi gul - xoro qalam, Lafzi bulbul birla qilsin Ishq so‘zin insho qalam. Orazin tasvir etarda Bargi gul chok-chok olib, Qoshi ta’rifini aylab Yig‘lasin shaydo qalam. Hajr tahririda giryona, Jabr tahririda xun, Vasl tasvirida bo‘lsin Bulbuligo‘yo qalam. Bejavob ishq dardini Tunlar bayon etdik ikkov, Bu azoblarni bilar Yolg‘iz men-u tanho qalam. She’r ila shod olding, Erkin, Qilmading dunyo havas, Bor ekan ko‘ksingda otash, Sen uchun dunyo qalam.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.