Yo‘qni qandoq bor etay?
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
YO‘QNI QANDOQ BOR ETAY?
Benajot ko‘nglimni qandoq
So‘z bilan izhor etay?
Qay iloj birlan ilojsiz.
Holatim oshkor etay?
Necha zahmatlar chekib ham
Topmagach aql-u hushim,
Qilmangiz endi nasihat,
Yо‘qni qandoq bor etay?
Oshinolar qochdi mendan,
Yuz o‘girdi g‘ofil el,
Ne edi, ayting, gunohim,
Men uni takror etay?
To‘g‘ri so‘z tuqqanga yoqmas,
Haq ekan, e voh, netay,
Do‘stni dushman qildim, endi,
Dushmanimni yor etay.
Bul uqubat maskanidan
Bosh olib ketmoq kerak,
O‘zni dalli, boshpanamni
Gumbazi davvor etay.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish