O‘lkamda bahor
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
O‘LKAMDA BAHOR
Dalalar uyg‘ondi, boychechak undi,
Zamindan qor ketdi, ko‘ngildan g‘ubor.
Yarq etgan toleday quyosh ko‘rindi,
O‘lkamda bahordir, o‘lkamda bahor.
Qish uzoq cho‘zildi, shukr, o‘tdi-ya,
Boqiydek tuyilgan muzlar ketdi-ya,
Ivishiq kunlarning kuni bitdi-ya,
O‘lkamda bahordir, o‘lkamda bahor.
Bahorda yoshlikning totli bo‘yi bor,
Bahor erk singari yorug‘ va zangor.
Yosh yurtim bahordek bo‘lsin beg‘ubor,
O‘lkamda bahordir, o‘lkamda bahor.
Bahorning bahordek fe'llari bordir,
Momoqaldirog‘i, sellari bordir.
Goh sarin, goh achchiq yellari bordir,
Chunki u bahordir, o‘lkamda bahor.
Mayli-da, xush keldi, but keldi ko‘klam,
To‘kinlik, baraka-qut keldi ko‘klam,
Inshooloh, deylik - qut keldi ko‘klam,
O‘lkamda bahordir, o‘lkamda bahor.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish