Pushkin

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

PUSHKIN Men ilk bor maktabga qo‘yganda qadam Ilk bor alifbodan olganda ta’lim, Menga olam aro yuz ochgan olam Pushkin dahosiga qilurman ta’zim. Hali men anglamay Alisherni ham, Gyote ruhi hali bo‘lmasdan hokim, Xayolim beshigin tebratgan onam - Pushkin dahosiga qilurman ta’zim. Ulg‘aydim, kengaydi ufqi hayotning, Dunyo ko‘rkin ochdi ochdi ulug‘vor, azim. Ko‘zlarimga qilgan keng olamni keng - Pushkin dahosiga qilurman ta’zim. Murg‘ak dilga tushib she’rning havasi Bayon etganimda ilk ko‘ngil arzim - Menga madad bo‘lgan otash nafasi - Pushkin dahosiga qilurman ta’zim. Hali yo‘lim olis, hayot hali bor, Hali bu dunyodan kо‘p mening qarzim. To tirik ekanman takror va takror Pushkin dahosiga qilurman ta’zim. Shoir bo‘lsam bir kun elga munosib, Meni shoirim deb atasa xalqim, Navoiy devonin ko‘ksimga bosib, Pushkin dahosiga qilurman ta’zim.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.