Tilak

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

TILAK Saxiylikni odat qilgan bo‘lsa kim, Elga sochgan bo‘lsa borini doim, Himmati bor bo‘la turib, ilohim, Qo‘lidan davlati ketmasin uning. Kim umrida sira bilmagan tinim, Mehnatsiz bir lahza turolmagan jim, G‘ayrati bor bo‘la turib, ilohim, Belidan quvvati ketmasin uning. Bir ishga qasd qilib shoir yo olim, Xayol surib - keyin ne bo‘lur holim Qudrati bor bo‘la turib, ilohim, Dilidan jur’ati ketmasin uning.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.