Ko‘rsatkich barmoq
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
KO‘RSATKICH BARMOQ
Umring tahlikada, qo‘rqib yashading,
Yonmading, tutundek burqsib yashading.
Barmoqlaring ichra baridan ko‘proq
Senga xizmat qildi ko‘rsatkich barmoq.
Labga bosding, shiftga ishora qilding,
Ko‘pni tilsiz qilding, bechora qilding.
Bir zamon ko‘rsatkich barmoqni qo‘llab
Omon qolding, dorga do‘stingni yo‘llab.
Endi oshkorlikdan kuyib turibsan,
Barmoqni chakkangga qo‘yib turibsan.
Sirsiz hayot senga bag‘oyat mushkul,
Yuragingda yashar itoatli qul.
Tilaysan, Beriya tirilib kelsa,
Norasmiy guruhlar qirilib ketsa.
Bu kunlar tillarga bo‘lsa-yu qarmoq,
Yana kuchga kirsa ko‘rsatkich barmoq.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish