Uch balodan saqlasin

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

UCH BALODAN SAQLASIN Uch balodan saqlasin, Charxi balokash bo‘lmasin, Do‘st mehrsiz, dardsiz ulfat, Yor jafokash bo‘lmasin. Dil agar payvand erursa Ne jafo chekmak firoq, Hech ko‘ngil sevgan ko‘ngil - Yonida yakkash bo‘lmasin. Sevgi barq-u otashida O‘rtanishni g‘am demam, Oshiqona bu dilim Bebarq-u otash bo‘lmasin. Yuzta jonim bo‘lsa har bir Kokilingga bir pilik, Tolasiga o‘zgalarning Ko‘ngli chirmash bo‘lmasin. Neki dard bor, neki kulfat Bu jahonning kunjida, Men bo‘lay yuz ming giriftor, Lek mahvash bo‘lmasin. Meri yoniq qalbimrni tutdim Senga kaft uzra qo‘yib, Ol uni, о‘уnab va lekin O‘tga tashlash bo‘lmasin. Yorni oftob deding, Erkin, Kuymagin hijronida, Oftob goh berkinur, Bundan diling g‘ash bo‘lmasin.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.