Yod eting(Qurbon bo‘lgan askar nidosi)
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
YOD ETING
(Qurbon bo‘lgan askar nidosi)
Men qaro tuproqda yotgan
o‘glingizman, yod eting,
Intizor ruhim tilovat birla
yo‘qlab shod eting.
Qolmisham olisda beqabr-u kafan,
benom-nishon,
Xotirimga ko‘nglingizda
bir makon bunyod eting.
Har bahor qutlug‘ zafar
ayyomida sayr etsangiz,
Lolalarga termuling, pokiza
qonim yod eting.
Men hayotda bir farax ko‘rmay
hayotdan ajradim,
Baxtingiz qadrin biling, anduhingiz
barbod eting.
Jangga kirdim, jon fido etdim
Vatan tuprog‘i deb,
Mehri jonimda tirikdur,
siz uni obod eting.
Men olis ellarda qolgan
O‘glingizman, yod eting,
Intizor ruhim tilovat birla
yo‘qlab shod eting.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish