Raqqosa

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

RAQQOSA Bazm aro noz birla jonon o‘ynasa, Ne ajab, jismim aro jon o‘ynasa. Silkinib gullar chamanda uyg‘onur, Qarsi barmoq birla xandon o‘nasa. Oq nilufar suvda oqqandek erur, Oq kiyib sokin xiromon o‘ynasa. Nogihon ko‘nglimda yongay ming chiroq, Nur sochib xurshidi tobon o‘ynasa. Davrada o‘ynar pari, andoq bo‘lur, Oy tovlib yulduzli osmon o‘ynasa. Ko‘lda oqqush raqsi bundoq bo‘lmagay, Buncha bo‘lmas tog‘da jayron o‘ynasa. Oncha mushkoro emas gulshan aro Yel turib jambul-u rayhon o‘ynasa. Ko‘z suzib ko‘zimni hayratga solur, Mast qilur boshimni maston o‘ynasa. Raqsini sog‘indi jon, oh kelsa-yu Dil uyida bo‘lsa mehmon, o‘ynasa. Zarra armon qolmagay ko‘nglimda, yor - Qolmayin ko‘nglida armon o‘ynasa.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.