Kerak bo‘lsa
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
KERAK BO‘LSA
Men bor, senga bir haqgo‘y -
Devona kerak bo‘lsa,
Yo‘qman, tili qand nodo‘st
Parvona kerak bo‘lsa.
Istarmi safe ko‘ngling,
Bor unda saroylarga,
Kel bunda, esang dardlik,
G‘amxona kerak bo‘lsa,
Hamdam o‘zim, ey oshno,
Malham so‘zim, ey oshno,
Ikki ko‘zim, ey oshno,
Hayrona kerak bo‘lsa.
Bergum na kerak senga,
Jon senga, yurak senga,
Zardobga to‘lib ketgan -
Paymona kerak bo‘lsa.
Bog‘imni makon etgan
Ey siz gala boyqushlar,
Ko‘ksimga qo‘ning, Sizga
Vayrona kerak bo‘lsa
Vayron chamanim vodiy,
Ko‘ksimda uning dodi,
Faryodga qulog‘ing och,
Farg‘ona kerak bo‘lsa.
Naylay, bu og‘ir so‘zlar,
Quvmang meni, ey do‘stlar,
Oqillar aro bitta
Devona kerak bo‘lsa.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish