She’r aziz inson aro
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
SHE’R AZIZ OLAM ARO
She’r aziz olam aro
Menga tiriklik, jon qadar,
Jon nedir oshiq uchun,
Jondin aziz jonon qadar.
She’rdan ayru tonglarim
Yaldo tuniday zim-ziyo,
She’r bilan tunlar charog‘on
Xurshidi tobon qadar.
She’r о‘zi jonon emasmu,
Yondirar hijronida,
Gohi boqsa bir qiyo,
Boshim bo‘lur osmon qadar.
Kimki oshiqdur jahonda
She’rga bo‘lgay mubtalo,
Ishq uchun tengdur gadodan
To buyuk sulton qadar.
Shoh Bobur Hindu sori
Yurdi-yu, shoir va lek
Yig‘ladi Farg‘onadin to -
Mulki Hindiston qadar.
She’r zulolidan simirdim
Bir piyola to‘ldirib,
Voh, ko‘rindi menga har bir
Qatrasi ummon qadar.
Nuqta ko‘y nazmingga, Erkin,
Muxtasarlik so‘zga zeb,
Yo‘qsa, tong otguncha she’ring
Bo‘lg‘usi doston qadar.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish