Shohlar orzusi
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
SHOHLAR ORZUSI
Amal tegmaganlar ichidan bo‘zlab,
Martaba zavqini totsam, der ekan.
Amalga minganlar yuksakni ko‘zlab,
Qadamni kattaroq otsam, der ekan.
Sardor vazirlikni har kun tush ko‘rib,
Vazir iloj topsa shohni o‘ldirib,
Yarim kun bo‘lsa ham taxtga o‘ltirib
Shon-shavkat ganjiga botsam, der ekan.
Shoh nima istaydi, unga nima kam?
Ulus g‘avg‘osidan boshi to‘la g‘am,
Tinch kulba bo‘lsa-yu yovg‘on ichsam ham
Biror dam xotirjam yotsam, der ekan.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish