O‘chirg‘ich
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
O‘CHIRG‘ICH
She’riyatning timsoli - qalam,
U haqda-ku, she’rlar behisob.
Ey shoirlar, bitganda kitob,
Eslab qo‘ying o‘chirg‘ichni ham.
Usiz bo‘lmas she’ringiz ravon,
Usiz qilmas satrlar xanda.
Siz qalamga she’r ataganda,
O‘chirg‘ichga bag‘ishlang doston.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish