Davron yuki

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

DAVRON YUKI Aylanur inson boshidan. Ming asr osmon yuki, Dona bug‘doy uzra go‘yo Sangi tegirmon yuki. Dona bug‘doy dema, bu bosh Necha ming olamcha bor, Bor uning har nuqtasida Necha ming davron yuki. Hazrati Inson qoshida Sajdaga bosh egdi charx, Chunki inson qalbida ishq, Boshida urfon yuki. Nur qadam birlan yelar Cheksiz fazo bo‘lab zamin, Yelkasida beshta qit’a, To‘rt buyuk ummon yuki. Ko‘k tarozu pallasidur, Bu zamin bir tosh anga, Charx posangisida Yuz ming tuman inson yuki. Shuncha yuk mushkul emas, Lekin ezar Yer siynasin Begunoh ko‘ksiga tomgan Qatra-qatra qon yuki. Yer uza yuksalmish Inson Bir qo‘lida nur - charog‘. Bir qo‘lida bor uning Mahshar bila to‘fon yuki. Ey tabiat, ona-Yer, Sen ber madad, tark etmasin Hech qachon Odam dilin Vijdon yuki, imon yuki. Bas, xayolga cho‘kma, Erkin, Bitmagay olam o‘yi, Keng jahon sig‘gan ko‘zingni Bosdi tong mujgon yuki.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.