Barg
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
BARG
Ikki qoshing o‘sma birlan ,
Bo‘ldi juft nargisli barg,
Ikki barging qoshida men
Titragayman misli barg.
Titramog‘im boisi ul
Bargni tebranmog‘idir,
Yoki ohimdanmu titrar
Bo‘yla nozik hisli barg.
Barg dedim, ammo bilolmam,
Qay biri xushbo‘y ekan,
Ikki mushkiri sunbuling yo
Ikki rayhon isli barg.
O‘smali qosh dema, zumrad -
Naqsh etilgan sajdagoh
Kam bukun mehrobga ixlos,
Lek bu ko‘p muxlisli barg.
O‘t yuzingning shu’lasidan
Bu qoraygan qoshmi yo
Subhi bayzodek gul uzra
Shomi! savdo tusli barg.
Voh ajab, o‘z nargisiga
Banda bo‘lmish, ne iloj,
Indamay kiprik - tikan
Zahmin chekar nomusli barg.
Ikki barg ta’rifin Erkin
She’rga solsa tong emas,
Ul biri tashbehli barg-u
Ul biri tajnisli barg.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish