Qalam

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

QALAM Ulfatimdir sham yanglig‘ Kechalar tanho qalam, Men-ku she’r Majnunidirman, Sarvqad Laylo qalam. Ahli she’rga to qiyomat Ulfat o‘lmakdir azob, Ne iloj etsin, boshida Bor ekan savdo qalam. Rost, qalam, timsoli, she’r, Timsoli tig‘, timsoli haq, Boshini ming kesdilar, Bosh egmadi aslo qalam. Yor, diyor mehrini kuylab Umrimiz bo‘lgay ado. Men na istisno erurman, Sen na mustasno, qalam Yangrasin Erkin so‘zing, Aslo tiling lol o‘lmasin. Dast kо‘tar davron yukini, Etma qadding yo, qalam
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.